O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.

Davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.