Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherali Jo‘rayev Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi.

Yarimfinalda mag‘lub bo‘lgan Sherali Jo‘rayev bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda BAA vakili Ivan Remarenkoni mag‘lub etdi.