Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun boks bo‘yicha barcha vazn toifalarida yarimfinal bahslari o‘tkazildi.

Yarimfinal janglarida ringga chiqqan o‘zbekistonlik bokschilarning barchasi ertaga o‘tkaziladigan final bahslariga yo‘llanma oldi.

Dastlab -49kg vazndagi bokschi Hasanboy Do‘smatov raqibidan ustun kelgan bo‘lsa, keyinchalik navbati bilan Jasurbek Latipov (-52kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-56kg), Shunqor Abdurasulov (-60kg), Iqboljon Xoldorov (-64kg), Bobo-Usmon Baturov (-69kg) va bayroqdor bokschi Isroil Madrimov (-75kg) raqibini mag‘lub etdi.