Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekmurod Oltiboyev Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bekmurod bronza medali uchun bahsda eronlik Javod Mahjubni mag‘lubiyatga uchratgan holda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.