Sergeli tumanining Sputnik-4 mavzesi 50-uyda yashovchi bir guruh fuqarolarning o‘z uylariga egalik huquqini olish yuzasidan Bosh prokuraturaga murojaat qildi va ularning so‘rovi qondirildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning Feysbukdagi sahifasi orqali xabar berildi.

Tuman hokimligida shu masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Quruvchilar mavzesidagi 32-uyda joylashgan uchinchi yotoqxona uyda yashovchilar ham qatnashdi. Ikkala yotoqxonada jami 134 xonadon bo‘lib, 423 fuqaro istiqomat qiladi.

Mazkur yig‘ilishda mana shu yotoqxonda yashovchi aholiga o‘z uylariga egalik qilishi haqidagi tuman hokimining qarori o‘qib berildi.