1 sentyabr kuni 21:00 dan 21:16 ga qadar Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram mushakbozligi qilinadi, deya xabar berdi Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Shaharliklarga qulaylik yaratish maqsadida hodisa poytaxtning har bir tumanida joylashgan park va maydonlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda namoyish etiladi.

«Gazeta.uz"ning hokimiyatdan aniqlik kiritishicha, salyutlar «Xalqlar do‘stligi» saroyi yaqinida otiladi.

Namoyish etiladigan joylar ro‘yxati

  • «Kuyoshcha nuri» istirohat bog‘i (Bektemir tumani);
  • Furqat bog‘i (Mirobod tumani);
  • Mirzo Ulug‘bek bog‘i (Mirzo Ulug‘bek tumani);
  • Bobur nomidagi ekopark (Mirzo Ulug‘bek tumani);
  • Green Park (Sergeli tumani);
  • Abdulla Qodiriy bog‘i (Olmazor tumani);
  • «Bog‘ishamol» bog‘i (Uchtepa tumani);
  • G‘afur G‘ulom bog‘i (Chilonzor tumani);
  • «Anhor Lokomotiv» bog‘i (Shayxontohur tumani);
  • Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur bog‘i) (Yakkasaroy tumani);
  • «Do‘stlik» bog‘i (Yashnobod tumani);
  • «Xalqlar do‘stligi» saroyi qarshiidagi maydon (Chilonzor tumani);
  • Amir Temur shox ko‘chasi bo‘ylab, Intrenational Hotel mehmonxonasi qarshisi (Yunusobod tumani);
  • Milliy bog‘ga kirish joyi Furqat ko‘chasi bo‘ylab (Chilonzor tumani);
  • Milliy bog‘da Yozuvchilar xiyoboniga kirish, Bunyodkor shoh ko‘chasi bo‘ylab (Chilonzor tumani).