Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash o‘rinli, Menkov Osiyo o‘yinlarining oltin medalini to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi. Doha, Guanchjou va Incheondagi musobaqalardan so‘ng Jakartada ham shohsupaning yuqorisidan joy oldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Vadim Mekov Osiyo o‘yinlarida to‘rt karra g‘olib bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi.

Bugunga qadar o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lgan kiritgan oltin medallar soni 13 taga yetdi.