Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shermuhammad Jandreyev oltin, Yahyo Imomov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqasida yana bir o‘zbekcha final kuzatildi: 90 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Shermuhammad Jandreyev va Yahyo Imomov oltin medal uchun kurash olib bordi.

Bahs davomida Yahyo Imomov kutilmaganda yelkasidan jarohat olgani sababli bullashuv muddatidan oldin tugatildi va oltin medal Shermuhammad Jandreyevga nasib etdi.

O‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni 15 taga yetdi.