Sobiq SSSR xalq artisti, Rossiya Davlat Dumasining madaniyat bo‘yicha rahbarining birinchi o‘rinbosari Iosif Kobzon vafot etdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Xalq artisti 20 iyul kuni og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan edi. Qo‘shiqchining salomatligi bilan bog‘liq muammolar 2005 yilda, unda onkologik xastalik aniqlanganda ma’lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng Iosif Kobzon bir necha jarrohlik amaliyotlari va kimyoterapiya kurslarini o‘tagandi.

Iosif Kobzon 1937 yilning 11 sentyabr sanasida Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Chasov Yar shahrida tug‘ilgan. Bolalik paytidanoq kuylay boshlagan.

Qo‘shiqchining gastrol faoliyati yarim asrdan ko‘proq davom etdi. 2012 yilda Reml Davlat saroyidagi o‘zining 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan yakkaxon konsertidan keyin konsertlar faoliyatini tugatishini aytgandi. Biroq shundan keyin ham sahnaga chiqishda davom etdi, Rossiya bo‘ylab gastrollar uyushtirdi va mamlakatdagi jarayonlarda faol ishtirok etdi.