O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Otabek Akbarov 30 avgust kuni Toshkentdan Rimga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Bunga qadar Otabek Akbarov TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.