Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 1000 metrga juftlik bahslarning final bosqichida startga chiqqan Shahriyor Mahkamov va Shohruxbek A’zamov musobaqalarning bronza medaliga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar +2.672 natija ko‘rsatgan holda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.