Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Osiyo o‘yinlarining Gulnoza Matniyazova bronza medali sohibi bo‘ldi.

Chorak finalda hindistonlik dzyudochini mag‘lub etgan Gulnoza Matniyazova yarimfinalda janubiy koreyalik raqibiga yutqazib qo‘ydi.

Bronza medali uchun kechgan bahsda Gulnoza xitoylik Ya Juni mag‘lub etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.