Sherzod Asadov O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek u YXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili lavozimini ham egallaydi.

Sh. Asadov bunga qadar ushbu elchixona maslahatchisi, O‘zbekistonning Avstriyadagi Muvaqqat ishlar vakili lavozimida ishlagan.