Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik kurashchilar Muxlisa Abdumalikova va Sakrvar Shomurodov Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Muxlisa Abdumalikova yarimfinalda mo‘g‘ulistonlik Basanyargal Bayarbatga yutqazib qo‘ydi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mo‘g‘ulistonlik sportchi finalda yana bir o‘zbekistonlik Dildor Shermetovaga qarshi gilamga chiqadi.

Sarvar Shomurodov esa yarimfinalda eronlik Elyas Ali Akbariga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berdi. U ham bronza medali bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.