Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Ruslan Qurbonov uchxatlab sakrash mashqlarida Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Uchxatlab sakrash mashqlarining final bosqichida 16,62 m natija ko‘rsatgan Ruslan Qurbonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston terma jamoasi sportchisi ilk marotaba Osiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida uchxatlab sakrash bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi.