Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyorbek O‘rozboyev musobaqaning oltin medali sohibi bo‘ldi.

Chorak finalda Xitoy Taypeyi, yarimfinalda Janubiy Koreya vakilini mag‘lub etgan Diyorbek finalda yaponiyalik Toru Shishimedan ustun keldi.

O‘zbekistonlik sportchilar qo‘lgan kiritgan oltin medallar soni 10 taga yetdi.