Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dildor Shermetova Osiyo o‘yinlarining oltin medali sohibi bo‘ldi.

Dildor finalda o‘zbekistonlik Muxlisa Abdumalikovani mag‘lub etgan mo‘g‘ulistonlik Basanyargal Bayarbatga qarshi gilamga chiqdi va g‘alaba qozongan holda oltin medal egasiga aylandi.

O‘zbekistonlik sportchilar qo‘lgan kiritgan oltin medallar soni 11 taga yetdi.