Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Svetlana Radzivil oltin, Nadiya Dusanova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Balanlikka sakrash bahslarida o‘zbekistonlik ikki sportchi oxirgi lahzalarga qadar oltin medal uchun kurash olib bordi. Yakunda tajribaliroq bo‘lgan Svetlana Radzivil g‘olib bo‘ldi.

Shu bilan birga Radzivil Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.

O‘zbekistonlik sportchilar qo‘lgan kiritgan oltin medallar soni 12 taga yetdi.