Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 dekabr kungi farmoni bilan tashkil etilgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shuhrat Akmalovich Yovqochev rektor etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, akademiya huzurida magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish, islomshunoslik fanlari magistri, falsafa doktori va islomshunoslik fanlari doktori ilmiy darajalarini berish bo‘yicha Ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Islom akademiyasi huzurida magistratura (2 yil), tayanch doktorantura (3 yil) va doktorantura (3 yil) faoliyat yuritadi. O‘qish va ilmiy mashg‘ulotlar kontrakt-grant asosida tashkil qilinadi.