Xitoylik tranzit aviayo‘lovchisi O‘zbekistonga besh kunlik vizasiz kirish imkoniyatidan foydalanish uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi chiptasini sotib olishga majbur bo‘ldi, deya xabar qildi Topchan Hostel Tashkent asoschilaridan biri Oybek Xalov «Gazeta.uz"ga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 23 avgust kuni Bokudan Toshkentga uch kunga uchib kelgan xitoylik turist uchinchi mamlakat chiptasiga ega bo‘lib turib pasport nazoratidan o‘ta olmagan. Prezidentning 15 iyuldagi qarorida esa tranzit aviayo‘lovchilari uchun besh kungacha muddatga vizasiz kirish joriy etilgan edi.

«U 400 dollarga „O‘zbekiston havo yo‘llari“ chiptasini sotib olish va O‘zbekistonga uchib ketish uchun ikkita chipta bilan kirishiga to‘g‘ri keldi. So‘ngra sayyoh yangi sotib olingan chiptani topshirdi, chunki u MAK reysi bilan Moskvaga uchsa, uchrashuvga ulgura olmas edi. Aeroportda u yukini topshirdi, ro‘yxatdan o‘tdi, biroq pasport nazorati yana unga boshqa aviakompaniya bilan parvoz qilishga ruxsat bermadi», — dedi u.

Tranzit aviayo‘lovchisi reysdan olindi va u «O‘zbekiston havo yo‘llari» reysida uchishga majbur bo‘ldi, dedi Oybek Xalov.

«Parvozlar xavfsizligi ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va DXX Chegara qo‘shinlari hozirda mazkur masalani o‘rganmoqda», — dedi Davlat turizm qo‘mitasi vakili. Seshanba kuni ertalab barcha aviakompaniyalar tranzit yo‘lovchilari to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etishga bag‘ishlangan uchrashuv belgilangan.

Chegara qo‘shinlaridan «Gazeta.uz"ga tasdiqlanishicha, xitoylik turist 23 avgust kuni Bokudan Toshkentga kelib, Moskvaga olingan «O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptasini taqdim etgan holda chegarani kesib o‘tgan.

«26 avgust kuni mazkur fuqaro Moskvaga ketish uchun Toshkent aeroportida bo‘lgan. MAK chiptasi o‘rniga unda „YUTeyr“ reysi chiptasi bo‘lgan. Chegara qo‘shinlari esa unga „O‘zbekiston havo yo‘llari“ chiptasiga asosan registratsiya va chiptasiz O‘zbekistonda bo‘lishga ruxsat bergan. Shuning uchun u yana „O‘zbekiston havo yo‘llari“ chiptasini sotib olishga majbur bo‘ldi», — deya izoh berdi Chegara qo‘shinlari vakili.

Chegara qo‘shinlari xodimlari faqatgina MAK ma’lumotlar bazasiga kirga oladi. «Biz agarda tranzit yo‘lovchilarda „O‘zbekiston havo yo‘llari“ chiptasi bo‘lmasa, ularni o‘tkazib yubora olmaymiz, chunki ular haqdagi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak. Boshqa aviakompaniyalar hozircha bizga ma’lumotlar bazasiga kirishga ruxsat bergani yo‘q. Seshanba kuni mazkur masalani muhokama qilish uchun uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak», — dedi suhbatdosh.