Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sabina Toshkenboyeva yakkalik bahslarida Osiyo o‘yinlarining kumush medalni qo‘lga kiritdi.

U 65,850 natija bilan kumush medal sohibi bo‘ldi. Nuriniso Usmonova esa to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 14 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.