Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari biryo‘la to‘rt medalni qo‘lga kiritdilar.

Dastlab Ma’ruf G‘aybulloyev finalda o‘zbekistonlik boshqa bir kurashchi Ruslan Bo‘riyevni mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ruslan Bo‘riyev esa kumush medal sohibi bo‘ldi.

+90kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov eronlik Jafar Pahlavonijagharga qarshi bahsda g‘alaba qozongan holda oltin medal egasiga aylandi.

Gulnor Sulaymonova esa hindistonlik raqibidan ustun kelib, oltin medalini qo‘lga kiritdi.