Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nurbek To‘rayev va Oysuluv Abdumajidova Osiyo o‘yinlarining bronza medali sohibi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 14 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.