Dushanba kuni kechqurun Toshkentning ayrim tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi ijtimoiy tarmoqlarda oltingugurt hidini eslatuvchi noxush hid haqida xabar qoldirdi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilinishicha, hid Olmazor tumanidagi «Chuqursoy» temir yo‘l tovar stansiyasidan tarqalgan.

«Gidrosulfat natriy solingan 50 litrlik bochkaning teshigi bo‘lib, u orqali suv kirgan. Gidrosulfat natriy, bu — 45 foizlik tuz bo‘lib, uv bilan aloqaga kirishganidan so‘ng hid ajralib chiquvchi reaksiya sodir bo‘ladi», — dedi FVV xodimi.

FVV 21:20 da noxush hid tarqalgani haqidagi shikoyatni qabul qilgan va oradan ikki soat o‘tib muammo bartaraf etilgan.