Bayram kunlari O‘zbekiston chegaralarini kesib o‘tish avvalgi ikki yil kabi erkinligicha qoladi, deya xabar qildi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari «Gazeta.uz"ga.

"Hech qanday cheklovlar, hech qanday «yopiq» chegaralar bo‘lmaydi", — deya ishonch bildirdi suhbatdosh.

U chegaralar hech qachon to‘liq yopilmagani, faqatgina ularni kesib o‘tishda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lganini ma’lum qildi.

Axborot manbasining qayd etishicha, bu kabi cheklovlar 2016 yildan buyon qo‘llanilmayapti.