Moliya vazirligi vaDSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439−6-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha hisobotning yangi shakli tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha hisobot shakli yangisiga almashtirildi. Eskisidan farqli ravishda, u 2 qismga bo‘lingan:

  • Dehqon (oziq-ovqat) bozori tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Savdo kompleksi tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ilgari bozorlar ham, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam bo‘lmagan savdo komplekslari ham birgina shakl — Bozor tomonidan olingan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldirar edi.