O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:

1. Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

2. Sultanov Xayritdin Madriddinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ismailov Umar Sapayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

4. Inoyatov Rustam Rasulevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

5. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

6. Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

7. Kasimov Rustam Sabirovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimidan ozod etilsin.

8. Xaydarov Zilemxan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi lavozimidan ozod etilsin.

9. Magrupov Aziz Yuldashevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

10. Mavlonov Bekzot Mardonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

11. Muxammadiyev Ulugbek Islomovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

12. Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari buyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

13. Paygamov Alisherbek Azizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari — tashqi aloqalar masalalari xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

14. Allamjonov Komil Ismoilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

15. Saidova Galina Karimovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari o‘rinbosari — ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

16. Ganiyev Elyar Majidovnch O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tizimli muammolarni tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligi ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etilsin.

17. Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

18. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy ta’minlash sho‘’basi bosh inspektori lavozimidan ozod etilsin.

19. Usmanov Alisher Ataxanovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

20. Daminov Askarali Davlatovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.

21. Saliyev Olim Adilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin.