O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan yangi tashkil etilgan prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Aziz Magrupov, prezident devoni ijro sektorining sobiq mudiri Alisher Payg‘amov va o‘z lavozimini saqlab qolgan prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov mazkur lavozimlarga tayinlandi.

Avval xabar qilganimizdek, prezident devonida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. U prezident administratsiyasiga aylantirilib, Zaynilobiddin Nizomiddinov unga rahbar bo‘ldi.