Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik yengil atletikachi Suhrob Xo‘jayev bosqon uloqtirish bo‘yicha musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.

U bosqon uloqtirish bahslarida 74,06 metr natija ko‘rsatgan holda bronza medaliga ega chiqdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu Suhrobning mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.