Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Jangaboyev Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Rustam Jangaboyev dast ko‘tarishda 203, siltab ko‘tarishda esa 252 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Umumiy hisobda 455 kg natija ko‘rsatgan o‘zbekistonlik sportchi yakunda bronza medali sohibi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 6 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.