Toshkent shahar hokimi qaroriga muvofiq Umarov Umid Ahmadjonovich «Olmazor Business City» yangi tadbirkorlik markazini qurish, ekspluatatsiya qilish direksiyasi" davlat unitar korxonasining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Umid Umarov Toshkent Vestminster universitetining xalqaro tijorat huquqi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda «Zarafshon-Nyumont» QKda direktor tarjimoni sifatida boshlab, 2009−2016 yillarda «Navoiy tog‘ metallurgiya kombinati» DUK huquqshunosi, direktor o‘rinbosari, 2017−2018 yillarda «Gold Azia Zarafshon» MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yildan «Tashkent city» DUK direksiyasida yuridik bo‘lim boshlig‘i vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.