FIFA va OFKning o‘zbekistonlik hakami, jahon chempionatlarida o‘yinlarni boshqarish bo‘yicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo‘lgan «Changchun Yatay» va «Xebey Chayna Forchun» jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni boshqardi. Mazkur bahs 2−2 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi.

Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi ushbu bahsdan so‘ng keyingi turdan o‘rin olgan «Guanjou Evergrand» — «Shanxay Shenxua» o‘rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun yana bir taklif oldi. Mazkur o‘yin 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.