O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 26 avgustda «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2018−2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi, deyiladi O‘zA xabarida.

Qarorga muvofiq, «Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida"gi qonun ishlab chiqiladi. Unda jumladan, madaniyat va san’at muassasalariga yordam ko‘rsatuvchi metsenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish nazarda tutiladi.

Madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimi joriy etiladi.

Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimiga ulangan respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalaniladi.