Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A. va B. fuqarolar Sh. va M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali davlat bojxona qo‘mitasi Farg‘ona viloyati boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga ulardan firibgarlik yo‘li bilan 4.800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Bosh prokuratura matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A. va B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.