Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda qishga yopib qo‘yiladigan yeguliklar jamlanmasini taqdim etadi.

Olma va dolchin qo‘shib tayyorlanilgan ketchup

Ketchup— dunyo bo‘yicha eng ko‘p iste’mol qilinadigan qaylalardan biri hisoblanadi.
Bunday qayla tayyorlashning usullari juda ko‘p. Biz sizga olma va dolchin qo‘shib tayyorlanadigan usulini taklif qilamiz va bu retseptga tayanib, bir necha bankalardan qishga g‘amlab qo‘yishni unutmang.

Baqlajonli ikra

Baqlajonli ikra ko‘pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biri bo‘lib, deyarli hamma uni qishga yopib qo‘yishga harakat qiladi. Bu retsept asosida tayyorlanilgan ikra, nihoyatda mazali bo‘lib pishadi va eng nozik xo‘randalarga ham yoqishi aniq.

Qovoqchali ikra

Qovoqchali ikra baqlajonlidan farqliroq mayin va nafisroq ta’m va ko‘rinishda bo‘ladi. Bu retsept asosida siz «xuddi sotuvdagidek ta’mli» ikraтайёрлай olasiz. Bu retsept ko‘p vaqt va mablagni talab qilmaydi.

Lecho

Lecho — yorqin ko‘rinishga ega, yozda pishadigan barcha mazali sabzavotlarni o‘zida mujassam etgan yegulik hisoblanadi. Lechoни issiq non bilan yeyish, ovqatlarga qo‘shimcha gazak sifatida tortish mumkin.

Marinadlangan baqlajonlar

Baqlajondan tayyorlaniladigan salatlar va gazaklar juda sevimli bo‘lib, ularni tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘ziqorin ta’mli baqlajonlar yoz faslidagi eng sevimli yegulikka aylangan. Bu baqlajonlarni tayyorlashda ko‘p vaqt ham, mablag‘ ham sarf qilinmaydi.

Pishirilgan sabzavotlardan tayyorlanilgan qayla

Baqlajon va qizil bulg‘or qalampirlaridan tayyorlaniladigan bugungi qaylaмиз, quyuq bo‘lib, go‘shtli taomlar bilan iste’mol qilishga juda yaxshi. Hozir sabzavotlar g‘arq pishgan mahal, ulardan har xil yeguliklar tayyorlashga ulgurish kerak.

Muzlatilgan sabzavot va mevalar

Avgust oyida meva va sabzavotlar g‘arq pishadi, shu sabab ham bu oyda qishga har xil yeguliklar tayyorlab qo‘yishadi. Bugun sizlarga ko‘katlar, rezavor mevalar va sabzavotlarni muzlatib qo‘yish usullari haqida gapirib o‘tamiz.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15