Toshkent IIBB YHXB 23 avgustdan yengil avtotransport vositalari oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomalar berishni boshladi. Uch kun ichida 30 nafar jismoniy va 15 nafar yuridik shaxs ruxsatnoma oldi, deya xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.

Yengil avtomototransport vositalari oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnomalarni Toshkent IIBB YHXBning quyidagi manzillardagi diagnostika stansiyalaridan olish mumkin:

  • 1- diagnostika stansiyasi: Chilanzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118a. Telefon: 279−35−90.
  • 2- diagnostika stansiyasi: Yunusabod tumani, O. Zokirov ko‘chasi, 2a. Telefon: 212−88−69.
  • 3- diagnostika stansiyasi: Mirabod tumani. Vodil ko‘chasi, 54. Telefon: 283−21−03.

IIBB yengil avtomototransport vositalari oynalarini o‘zboshimchalik bilan qoraytirib olish O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasi asosida eng kam ish haqining birdan ikki barobarigacha miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.