Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik Abdumalik Salimov pinchak silat musobaqalarida qatnashib, bronza medali sohibi bo‘ldi.

Yarimfinalda indoneziyalik Iqbal Pratamaga qarshi jang qilgan Abdumalik Salimov mazkur bahsda 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi va bronza medaliga ega chiqdi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 5 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.