Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Omadoy Otaqo‘ziyeva kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Omadoy Otaqo‘ziyeva dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda esa 131, umumiy hisobda esa 232 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Bu finaldagi ikkinchi natija bo‘ldi va o‘zbekistonlik sportchi kumush medal sohibi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 5 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.