Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Karate bahslarida o‘zbekistonlik Sadriddin Saymatov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U bronza medali uchun jangda vetnamlik Xai Nguyenga qarshi tatamiga chiqdi va 1:8 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 5 ta oltin, 10 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.