Xiva tumani elektr tarmoqlari korxonasi, «Xalq banki"ning ushbu tuman filiali va boshqa sub’ektlarida faoliyat ko‘rsatgan bir guruh shaxslar huquqni muhofaza қи­лuвчи idora xodimlarining tezkor say’-harakatlari би­лан ushlandi va 24 nafar қо­нuнbuзар sud javobgarligiga tortildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Bakdurdiyev «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Bu jinoiy to‘dani «Xalq banki"ning tuman filialida kassir vazifasida ishlagan (1990 yili tug‘ilgan) Qudrat Yunusov boshqargan. Jinoiy guruh tarkibidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari, ishchi, hatto sartaroshlar, guruh yetakchisidan 20−30 yosh katta bo‘lgan shaxs­lar ham o‘rin olgan.

Mazkur jinoiy qilmish 2016 yilning ilk кu­ni ikkita manbadan tuman elektr ta’minoti korxonasiga aslida kelib tushmagan 6 million 595 ming so‘m pulni «kirim» qilishdan boshlangan va to 2017 yilning kuz oylarigacha xufyona davom etgan. O‘sha kuni daст­лабки qo‘sh «tadbir» bank kassiri Q. Yunusov va behisob boylikning daragini eshitib, tinchini yo‘qotgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Shuhrat Sultonov, korxonada yetakchi hisobchi vazifasida ishlagan Faxriddin Mahmudov, hisobchi Shodlik Sobirov, operator Jaloliddin Aniyozov, elektr payvandchi Rashidbek Madrimov ishtirokida silliqqina amalga oshdi.

Korxonaga kelib tushayotgan pullarni maxsus «kalit» — kod orqali kirim qilish vazifasini ado etayotgan Sh. Sultonov va U. Allanazarov kassir Q. Yunusovning iltimosini yerda qoldirishmadi. Ma’lum va’da evaziga bank va korxona sirini kafolotlovchi o‘sha «kalit» — kod raqamini hech ikkilanmay unga oshkor etishdi. Natijada korxonaga kelib tushmagan 6 million 595 ming so‘m, elektr energiyasi iste’molchilari ro‘yxatidagi 17 nafar fuqaro hisobiga yozildi. Ular tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi evaziga topshirilgan pul esa, o‘rtada «arra» qilindi. Ozgina miqdor pul evaziga katta hajmdagi қарз­дорликni bartaraf etishga qaratilgan taklif fuqarolar tomonidan xayrixohlik bilan qabul qilingani uyushgan guruh a’zolari uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ishlar qizigandan-qizidi, yurishgandan-yurishdi. Oz emas, naq 884 marotaba qayd qilingan jinoiy holatlar asnosida davlat g‘aznasiga kirim qilinishi zarur bo‘lgan 1 milliard 445 million so‘m guruh a’zolarining «xufya cho‘ntagi"dan joy oldi. Qadimiy shahar va tumandagi ўн­larча korxona-tashkilotlar, bank muassasalaridan aslida kelib tushmagan yuzlarcha million so‘m­ni ifoda etuvchi pullar maxsus kodlar yordamida elektr ta’minoti korxonasi joriy hisob raqamiga kirim qilindi va fuqarolarning oz miqdordagi to‘lovi evaziga katta miqdordagi қарз­дор­ли­гиni bartaraf etishga xizmat qildi.

Oradan kechayotgan kunlar va oylar mobaynida elektr ta’minoti korxonasiga kelib tushayotgan milliardlarcha mablag‘ning «cho‘g‘i» so‘nayotgani, daromaddan baraka qochayotgani, mutasaddilar qancha urinishsa-da, jamoaning biri ikkiga bo‘lmayotgani ma’lum bo‘lib bordi va bu hol со­лиқ ор­gani e’tiborini o‘zи­ga toрт­ди.

Korxonada ro‘y bergan yirik o‘pirilish o‘tgan yil kuz chog‘i boshlangan taftish tadbirlarining ilk pallasidayoq oshkor bo‘ldi. Fakt­lar 2016 yilning yanvaridan 2017 yilning oktyabr ойи­gaча jami 884 ta holatda sodir etilgan jinoiy qilmishlarning barchasida «Xalq banki"ning korxonadagi shaxobchasida kassir vazifasida ishlagan Q. Yunusovning qo‘li borligi, amalga oshirilgan pul tushirish va «yuvish» operatsiyalarining hammasi uning faol ishtiroki va norasmiy rahbarligi ostida kechganini ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ustomon g‘aznachi o‘zlashtirish va talon-toroj qilish yo‘li bilan mo‘may boylik orttirishga qaratilgan davomli jinoyatlarni gohida u, gohida bu, gohida yana birovi, boshqa gal yana bir hamtovog‘ining faol ko‘magida amalga oshirgan. Olib borilgan taftish va tergov harakatlari oz emas, naq 536 ta holatda o‘zlashtirilgan salkam 677 million so‘m Q. Yunusov, Sh. Sultonov, Sh. Sobirov, J. Aniyozovlarning «g‘aroyib o‘yini» natijasi bo‘lganini ko‘rsatdi. Ushbu davomli tadbir asnosida naqd 3 993 nafar fuqaroning ko‘p miqdordagi qarzi arzimas hajmdagi to‘lov эva­зиga pinhona tarzda bartaraf etilgan. Natija esa, chakkimas: naqd 677 million so‘m jinoyatchilarning cho‘ntagiga oqib kirgan.

Jinoiy гu­рuҳ ҳо­мийси boshqa bir «g‘aroyib tadbir"ni energiya ta’minoti korxonasi hisobchilari, kodlangan maxsus kalit egalari: F. Mahmudov va Sh. Sobirov bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirib borgan. Buning oqibatida 1 086 nafar iste’molchi oz miqdordagi to‘lov hisobiga katta miqdordagi qarzidan xalos etilgan. Bu ish 328 ta nojo‘ya holat asnosida ro‘yobga chiqadi. Q. Yunusov jami 20 ta jinoiy holatni o‘zida jam etgan va 19,5 million so‘m miqdoridagi pulni o‘zlashtirish hamda talon-toroj qilishga olib kelgan boshqa bir jinoiy rejani esa, sherigi J. Aniyozov bilan hamkorlikda amalga oshirgan va bu jarayonda yana 143 nafar fuqaroga «xolis xizmat» ko‘rsatilgan.

Fakt va dalillar bunday qing‘irliklarda korxona rahbari Rashid Nurullayevning korxonada ro‘y bergan aksariyat qing‘irlik va o‘g‘irliklar uning ko‘z o‘ngida, yanada achinarlisi, faol ishtiroki, shaxsiy boylik ilinjidagi «xurmacha қи­лиқ"­lari oqibatida yuz berganligini ko‘rsatdi. U amalini suiste’mol qilgan holda o‘ziga bo‘ysunadigan shaxs­lar: yetakchi ҳи­собчи F. Mahmudov, muhandis Sh. Sultonov, operator J. Aniyozov tomonidan qo‘shqo‘llab tutqazilgan naqd 35 million so‘mni korxonaga kelgan mehmonlarga sarf-xarajat qildim, degan bahonada o‘z «jig‘ildoni"ga joylab qo‘ya qoldi.

Tergov harakatlari bu safda ancha юқо­ри va nufuzli tashkilot — Xorazm Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati energiya sotish va uning hisobini yuritish sektori boshlig‘i Sardor Yusupov ham ancha «faollik» ko‘rsatganini isbotladi.

Aniqlangan факт­larga qaraganda, mas’ul lavozimli bu shaxs tuman elektr ta’minoti korxonasidagi kimsalarning «hotamtoyligi» tufayli 7 million 400 ming so‘m va 200 AQSH dollarini o‘zlashtirgan.

Aslida yo‘q pullarni korxonaga kirim qilish, o‘zlashtirish, maxsus kalitlar yordamida maxfiy raqamlarni bemalol oshkor etishdek jinoiy ishga berilgan kimsalar payti kelganida o‘zlariga sherik izlab topish va jarayonga jalb etishga kirishdilar. Iste’molchilardan pul undirish va uni davlat g‘aznasiga joylashdek mas’uliyatli vazifaga aslo daxli bo‘lmagan qator shaxslar, chunonchi, ushbu korxonada nazoratchi, elektromontyor vazifalarida ishlagan Shixnazar Ollanazarov, Muborak Ahmedova, Arslonbek Matchonov, Mahmudbek Matyoqubov, Yodgor Masharipov, Hasanboy Masharipov, Otabek Rustamov, Mahkambek Samandarov, elektromontajchi Mansurbek Safoyev, Xiva shahridagi Turizm kasb-ҳu­нар kolleji hisobchisi Anvarbek Sobirov, shahardagi 121-sonli ko‘zi ojizlar maktab-internati bosh hisobchisi Ravshan Solayev, Tibbiyot kolleji bosh hisobchisi Huр­­­мат Yusupov, «Mikrokreditbank"ning shahar filiali g‘aznachisi Sardorbek Хў­жаев, «Капиtaл­bank"­ning «Ichon qal’a» shahobchasi mutaxassisi Sanjar Yusupov, sartarosh Jumanazar Jumaniyozovlar ham bu jinoyatga bosh qo‘shgan. Ozgina to‘lov evaziga katta miqdordagi qarzdorlikdan qutulish payida yurgan bir qator fuqarolar puch va’dalar, avrash, aldash, ishontirishga қа­ратилgaн «targ‘ibot-tashviqot"lar ta’sirida hamtovoqlar tomonidan қў­yilgaн tuzoqqa tushib qolganini o‘zlari ham sezmagandek tuyuladi.

Sud va tergov jarayoni ayblanuvchilardan Sh. Suл­­toнов, R. Solayev, H. Yusupov, R. Nurullayev, S. Yusupovning ishi avval ham sudga tushgani, javobgarlik va jazoga ro‘para bo‘lishgani, boshqalarni esa, bunday chohga elektr ta’minoti korxonasi va nomi zikr etilgan idora, tashkilot, muassasalarda yuzaga kelgan nosog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit yetaklab kelganini ro‘y-rost ko‘rsatdi. Guruh rahnamosi Q. Yunusov esa, xalq va davlatning behisob boyligini talon-toroj qilish, o‘z­лаштирish hisobiga bir yo‘la ikkita «Neksiya» avtomashinasini sotib olgani va ularni o‘z yaqinlari nomiga rasmiylashtirgani sud jarayonida qayd etib o‘tildi.

Sudda uyushgan jinoiy guruhning qilmishlariga qonuniy, adolatli va xolis baho berildi. Jazoning muqarrarligi ta’minlandi. O‘zgalarning halol oshiga ko‘z tikkan, qo‘l cho‘zganlar haqli va mantiqiy ravishda el nafrati, qonun so‘rovi, pirovardida esa, adolatli jazoga рў­пара keldilar.

Tergov organi tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167−205−209−228−243-moddalari qator bandlari bo‘yicha қў­yilgaн ayblarning deyarli barchasi sudda o‘z tasdig‘ini topdi. Aksariyat sudlanuvchilar korxonada yuz bergan qilmishning oqibati va asoratini yaqqol ил­ғаб, aybini chin ko‘ngildan tan oldilar, unga astoydil pushaymonlik bildirdilar. Korxonaga va davlat g‘aznasiga yetkazilgan 1 milliard 445 million so‘mlik iqtisodiy ziyonning 902 million so‘mi sud va tergov jarayonida solidar tartibda qoplangani ushbu иқ­рорликning ifodasi bo‘ldi. Sud qoplanmay qolayotgan 542 million so‘mni solidar tartibda undirish bo‘yicha mahkum Q. Yunusov, Sh. Sobirov, J. Aniyozov, Sh. Sultonov, F. Mahmudovlar zimmasiga yukladi. Yetkazilgan moliyaviy ziyonnning asosiy qismi shu paytgacha sudlanuvchilar tomonidan qoplangani, qilmishga astoydil pushaymonlik bildirilgani, ularning oilaviy shart-sharoitlari va berilgan tavsifnomalar jazoni jiddiy ravishda yengillatuvchi holat sifatida e’tirof etildi. Aksariyat qilmishlar birmuncha jiddiy jazo choralarini taqozo қил­са-da, sudlanuvchilarning deyarli bari bunday og‘ir qismatdan xoli qoldirildi.

Ozodlikdan mahrum qilishga qaratilgan oz muddatli jazo choralari jinoiy to‘da yetakchilari sifatida e’tirof qilingan Qudrat Yunusov, Shuhrat Sultonov, Shodlik Sobirov, Jaloliddin Aniyozovgagina qo‘llanildi. Faxriddin Mahmudov, Ulug‘bek Allazarov, Rashidbek Madrimov, Sardorbek Xo‘jayev, Rashid Nurullayev, Sanjar Yusupovlar oylik maoshning muayyan qismini ushlab qolgan holda axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi. Eng kam oylik ish haqining 10 dan 30 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarima jazosi Sh. Ollanazarov, M. Ahmedova, A. Matchonov, M. Matyoqubov, Yo. Masharipov, H. Masharipov, O. Rustamov, A. Sobirov, R. Solayev, M. Samandarov, M. Safoyev, S. Yusupov, J. Jumaniyozov, H. Yusupovlarga nisbatan qo‘llanildi. Shuningdek, sudlanuvchilar muayyan muddatgacha mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum қи­линди.

Qudrat Yunusov, Shuhrat Sultonov, Jaloliddin Aniyozov, Shodlik Sobirov daст­лабки bosqich sudining hukmidan so‘ng o‘zlari tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanganini ma’lum qildilar. Bu holat prokuratura organining e’tiborini tortdi. Viloyat prokurori o‘rinbosari sudga protest bilan murojaat qilib, zarar bartaraf etilgani munosabati bilan mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan jazo chorasini yengillashtirishni so‘radi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi ham aynan shu mazmundagi kafolat xatini yo‘lladi. Yuzaga kelgan bu holat appelyatsiya bosqich sudida jiddiy va mufassal muhokama etildi. Uning yakunida mahkum Qudrat Yunusovga nisbatan Jinoyat kodeksining bir muncha yengil jazo tayinlashni ko‘zda tutuvchi 57-moddasini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb topildi. Natijada unga nisbatan 2 yilu 11 oydan iborat ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Mahkumlardan Sh. Sultonov, J. Aniyozov, Sh. Sobirovlarni ozodlikdan mahrum etish haqida avval chiqarilgan sud hukmlari esa, ish haqining muayyan qismini ushlab qolgan holda tegishli muddatga ах­лоқ tuzatish ishlari jazosiga almashtirildi. Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga tortilgan boshqa bir mahkum — H. Yusupovning jazodan butunlay ozod etish haqidagi arizasi esa, asossiz, deb to­пилди.