Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 24 avgust kuni Qiziriq tumanida yashovchi B.Yu.ga tegishli «KAMAZ-5410» rusumli yuk avtomashinasi Boysun tumani hududidagi balandlikda turgan vaqtida to‘satdan yurib ketib, shu yerda bo‘lgan O.E., J.S., M.O‘., N.A. va E.E.ni bosib ketgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan, yana ikki nafari esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.