Samarqand tumanida 25 avgust kuni Tayloq tumanida yashovchi S.S. boshqaruvidagi «KAMAZ-5511» rusumli yuk avtomashinasini «Samarqand-Buxoro» yo‘lining 5-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonida ketayotgan uch nafar piyodalarni urib yuborgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etgan, yana biri olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.