Shoxrux Shoraximovich Shoaxmedov Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida xabar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlik 2018 yil 1 iyulda tashkil etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida loyihalar, shu jumladan, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish uchun mas’ul hisoblanadi.