O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3916-son qaroriga muvofiq Sattorov Dilshod Ne’matovich «O‘zstandart» agentligi Bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zstandart» agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi. «O‘zstandart» agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.