Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin musobaqaning oltin medali sohibi bo‘ldi.

Istomin finalda xitoylik Yibing Vuni 2:6, 6:2, 7:6 hisoblarida mag‘lub etdi va Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 5 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.