Poytaxtdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Toshkent viloyatida biznes yuriting» investitsion forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Forumda Rossiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Bolgariya, Turkiya, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya vaSingapur kabi 20 dan ortiq davlatdan 200 dan ziyod diplomatik korpus vakillari, tadbirkor vainvestorlar ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan forumning dastlabki kunida Toshkent viloyatining turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika yo‘nalishlaridagi biznes loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi G‘.Ibragimov tomonidan chet ellik ishbilarmon doira vakillariga viloyatning investitsion muhiti — sharoit va imkoniyatlari tanishtirildi.

Tadbirda Bolgariya, Tatariston va Xitoy davlatlari vakillari O‘zbekiston Respublikasida, shu jumladan, poytaxt viloyatida biznes yuritishning afzalliklari, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar haqida o‘z fikrini bildirildi.

Forum doirasida «O‘zekspomarkaz» pavilonida viloyatning 200 ga yaqin tadbirkorlari tomonidan sanoat, turizm va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari «Angren erkin iqtisodiy sanoat zonasi"da bo‘lib, u yerdagi korxonalar faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, forum doirasida chet ellik investorlar bilan 250 million dollarlik 10 loyiha bo‘yicha kelishuvga erishilgan.