Shu yilning 22−24 avgust kunlari YPX xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan 996 nafar haydovchi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan:

— mast holda avtomobil boshqargan — 20 nafar;

— svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmagan — 9 nafar;

— yo‘l belgilariga amal qilmagan — 96 nafar;

— tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan — 32 nafar;

— xavfsizlik kamarini taqmagan — 412 nafar;

— quvib o‘tish qoidasini buzgan — 60 nafar;

— avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirgan — 2 nafar;

— YPX xodimi buyrug‘iga bo‘ysunmagan — 2 nafar.

Shuningdek, IIBB matbuot xizmati qoidabuzarlarning ayrimlarining ism-familiyasi va mashinasining davlat raqamlarini keltirib o‘tgan: oynasi ruxsatnomasiz qoraytirilgan transport vositalari — «Lasetti» (B.Muhiddin), «Tiko» (01 B 176 NA).

Transport vositasini mast holda boshqarganlar:

26 yoshli Z.Ruslan («VAZ-2105», 01 W 031 MA);

29 yoshli X.Adham («Matiz», 01 E 073 XA);

32 yoshli T.Sanjar («Matiz», 01 E 722 GA);

31 yoshli A.Ravshan («Lasetti», 01 A 790 BB);

35 yoshli S.Azamjon («Spark», 01 V 211 ZA);

30 yoshli P.Davron («Damas», 01 744 OCA);

20 yoshli I.Rustam («Matiz», 01 P 122 PA);

32 yoshli Yu.Dilshod («Matiz», 01 H 948 GA);

41 yoshli G. Rixsitilla («VAZ-21015», 10 E 750 NA).