Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Velosportning shosse bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Murod Xolmurodov kumush medal sovrindori bo‘ldi.

U 40 kilometrlik masofani 57:10.52 vaqt ko‘rsatkichi bilan bosib o‘tgan holda delegatsiya hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

O‘zbekistonlik sportchilar shu paytga qadar 4 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.