23 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu tumanda yashovchi M.P. o‘zining «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Navbahor» MFY hududidan o‘tuvchi «Qorasuv-Angor» yo‘lining 3-km.da haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipeddagi fuqarolar B.H. va Q.A.ni urib yuborgan.

Sodir bo‘lgan voqea natijasida ikkala fuqaro ham olingan jarohat sabab voqea joyida halok bo‘lgan.