O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyevni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari E.Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.